Yangi Namangan tumanida qalbaki dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

12.10.2023 613

Yangi Namangan tumanida qalbaki dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangi Namangan tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.Sh. o‘z uyida yashirin sex tashkil etib, “Piratsetam” dori vositasini qimmat narxlarda o‘tkazish maqsadida “Panavir” nomi ostida qayta qadoqlab ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, tekshiruv davomida 672 quti “Piratsetam”, 299 quti “Panavir” nomi tushirilgan dori vositasi hamda 12 750 dona yorliq va 2 550 dona dori vositasi o‘rovi uchun maxsus quti ashyoviy dalil sifatida olingan.

☝️ Ushbi holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186³-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.